Ingliz tili va adabiyoti fakulteti
Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi oʻqituvchisi S.M.G’ofurova Hindiston davlatining Noida shahridagi V.V.Giri Labour Instituteda ITEC dasturi bo’yicha «International Training Programme on Enhancing Productivity through Improving Work Culture»da o’z bilim va malakasini oshirish bilan birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini ham olib bormoqda.
Ushbu dastur boʻyicha dunyoning 25 ta davlatidan kelgan turli mutaxassislar oʻz malaka va koʻnikmalarini oshirib borishmoqda. Ularga Hindiston davlatining kuchli professorlari ta’lim bermoqdalar.