Ayol va Bahor degan goʻzal soʻzlar bejizga yonma-yon yozilmaydi. Biz bahorning kelishi va uning beqiyos go‘zalligini munis ayollarimizning gulgun chehralariga qarab bilib olamiz.
Andijon davlat chet tillari institutining bir guruh rahbarlari tomonidan Andijon viloyati hokimi Sh.Q.Abdurahmonovning 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yoʻllagan bayram tabriklari hamda esdalik sovgʻalari oʻz egalari yetkazildi.
Jumladan, Roman-german va slavyan tillari fakulteti dekani M.Pazilov Andijon shahridagi 32-umumta’lim maktabida, Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani A.Ataboyev 4-maktabgacha ta’lim tashkilotida, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani K.Karimov esa Asaka bank OAJda boʻlib, u yerdagi ayol-qizlarni bayram bilan tabriklab qaytdilar.