“EDO.IJRO.UZ” TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISHGA QARATILGAN SEMINAR-TRENING OʻTKAZILDI

“IJRO.GOV.UZ” Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qarori e’lon qilingan boʻlib, uning ijrosini ta’minlash va barcha tizimlarni raqamlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda.

Ayni shu maqsadda Andijon davlat chet tillari institutining barcha boʻlimlari, fakultetlari, kafedralari rahbarlari uchun seminar-trening tashkil qilindi.

Seminar-treningni institutning oʻquv ishlari boʻyicha prorektori E.E.Kurbanov ochib berdi va tashkil etilish mazmun-mohiyati bilan ishtirokchilarni tanishtirdi. Shundan soʻng soʻz olgan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi R.Xametov, “Unicon-soft” korxonasi mutaxassisi I.Noʻmonovlar tomonidan mavzu boʻyicha tushunchalar berib oʻtildi.

Leave a Reply

Skip to content