Andijon davlat chet tillari instituti Axborot resurs markazi tomonidan institutda faoliyat olib borayotgan ayol xodimlar, professor-oʻqituvchilar uchun “Ayol borki, olam munavvar” shiori ostida badiiy-kompozitsion dastur tashkil qilindi.
Ushbu tadbirni institut oʻquv ishlari boʻyicha prorektori E.E.Kurbanov ochib berdi va rahbariyat nomidan barcha ayollarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tabriklab, ish faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi.
Shundan soʻng navbat bayram dasturiga berildi. Dastur ichidan she’rlar, raqslar, turli qiziqarli chiqishlar oʻrin olgan boʻlib, ular barcha qatnashchilarning koʻngliga birday manzur keldi.