Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi hamda Sport klubi tomonidan nafaqat talaba-yoshlar, balki professor-oʻqituvchi hamda ishchi-xodimlar oʻrtasida sportni keng targʻib qilish, jismoniy madaniyatni shakllantirish maqsadida turli toʻgarak va musobaqalar tashkil qilib kelinmoqda.
Jumladan, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati fakultet talaba-qizlari oʻrtasida musobaqa tashkil qilindi. Ushbu musobaqaning ochilish marosimini institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi boshligʻi O’.Rahmonov ochib berdi.
Shundan soʻng oʻyinlar boʻlib oʻtdi va yakunda oʻrinlar quyidagicha koʻrinish oldi:
1-oʻrin: Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti;
2-oʻrin: Ingliz tili va adabiyoti fakulteti;
3-oʻrin: Roman-german va slavyan tillari fakulteti.
Eslatib oʻtamiz: institut Sport klubi tomonidan 5 ta sport turi boʻyicha toʻgaraklar tashkil qilingan boʻlib, barcha talabalar va xodimlar ishtirok etishlari mumkin.