REKTOR VA FAOL TALABALAR UCHRASHUVI BOʻLIB OʻTDI

Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov institutning Yoshlar ittifoqi BT, “Besh muhim tashabbus markazi” koordinatorlari, “Antanta” Quvnoqlar va zukkolar jamoasi a’zolari bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuvda Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari K.S.Komilov ham ishtirok etdi. Institut rektori D.Rustamov soʻzni Komiljon Sobirovichga berdi. Viloyat hokimi oʻrinbosari bugungi kunda yoshlarga qaratilgan e’tibor, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib, barchani ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirdi.

Shundan soʻng Dilshodbek Abduvahidovich suhbatni davom ettirdi. Rektor har bir koordinatorning reja va loyihalari bilan birma-bir tanishar ekan, ularni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish va zarur jihozlar – moddiy texnik bazasini yaratish boʻyicha mas’ullarga topshiriq berdi.

Leave a Reply

Skip to content