Soʻnggi yillarda yurtimizda prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida turizm sohasiga juda katta e’tibor qaratilib, qator qaror va farmonlar e’lon qilinmoqda.
Bugun – 04.03.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutining bir guruh talaba-yigitlari Roman-german va slavyan tillari fakulteti dekan oʻrinbosari B.Botirov hamrohligida Qoraqalpogʻiston Respublikasiga sayohatga otlandilar.
Ularni institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori B.R.Axmedov kuzatib qoʻydi.