“TEATR – IBRATXONA”. TALABALAR “BURCH” SPEKTAKLI NAMOYISHIDA BOʻLDILAR

Inson maʼnaviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr sanʼatining oʻrni beqiyos. Zero, sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng goʻzal his-tuygʻularni inʼom etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir.

Andijon davlat chet tillari instituti “Besh muhim tashabbus markazi” rahbari A.Yunusov, Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi I.Abdulxamidov, tyutor D.Nabiyev hamda faol talabalar Andijon viloyati musiqali drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan “Burch” nomli spektakl namoyishida ishtirok etdilar.

Spektakl barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi hamda tinchlik ne’matini qadrlash hissini rivojlantirdi.

Leave a Reply

Skip to content