ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI KENGASHINING NAVBATDAGI 6-7-SONLI YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

Bugun – 02.03.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Kengashining navbatdagi 6-7-sonli yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda bir qancha masalalar koʻrib chiqildi.

Jumladan, hukumat tomonidan chiqarilgan qaror va farmonlar, vazirlik va yuqori tashkilotlar tomonidan qayd etilgan buyruqlar yuzasidan institut rektori D.A.Rustamov ma’lumotlar berib o’tib, ular ijrosini ta’ minlash, institut manfaatlari uchun xizmat qilish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Shundan soʻng keyingi masalalar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayns-nazorat» tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi Sh.Mamajonov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i J.Egamberdiyevlar ma’ruza qilib, oʻz yoʻnalishlarida olib borilayotgan ishlar va yangi rejalar haqida aytib oʻtdilar.

Qoʻshimcha masalalar boʻyicha oʻquv ishlari boʻyicha prorektor E.Kurbanov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor M.Kurbanov, Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor B.Axmedovlar soʻzga chiqib, oʻz masalalarini muhokamaga tashladilar.

Leave a Reply

Skip to content