Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…
Bugun – 01.03.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillri instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti tyutotrlari tomonidan tashkil etilgan talaba-qizlar ishtirokida Zulfiya tavalludi munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirni institutning Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi boshligʻi S.Abdusalomova, amaliyotchi-psixologi M.Yusupova, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida talaba-qizlar Zulfiyaxonim ijodidan she’rlar va u haqida ma’lumotlar berib oʻtdilar.