Malaka oshirish va qayta tayyorlash har bir xodimning oʻz mutaxassisligi boʻyicha soʻnggi fan yutuklari, yangiliklari bilan tanishish, ularni oʻzlashtirish, yangi amaliy ish usullari, ilgʻor ish tajribalarini oʻrganishdan iborat ilmiy nazariy hamda amaliy tayyorgarlik jarayoni hisoblanadi.
Andijon davlat chet tillari institutida professor-oʻqituvchilar uchun shaxsiy va kasbiy rivojlanishga bagʻishlangan tadbir tashkil qilindi.
Unda AQShning malaka oshirish dasturlarida ishtirok etgan biznes, ijtimoiy media, tilshunoslik, psixologiya, ilmiy izlanish bilan shugʻullanuvchi vakillar ishtirok etdi.
Bundan tashqari hozirda Fransiyada ilmiy faoliyatini davom ettirayotgan yosh olim J.Gʻʻulomovning qatnashuvi barchada iliq taassurot qoldirdi.