FAXRIY JURNALIST BILAN SUHBAT BOʻLIB OʻTDI

Toʻlqin Siddiq (Sidiqqov) nafaqat Andijon, balki respublikada taniqli jurnalist sanaladi. U “Andijonnoma” gazetasida bir qator boʻlimlarni boshqargan. Toʻlqin Siddiq 1987-yilda respublikaning eng yaxshi jurnalisti, deb topilgan. U 1991-yili O’zbekiston Prezidentining Faxriy yorligʻi  bilan mukofotlangan.

Bugun – 23.02.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida jurnalistikaga qiziquvchi talaba-yoshlarning faxriy jurnalist To’lqin Siddiq bilan suhbati boʻlib oʻtdi.

Suhbat davomida faxriy jurnalist T.Siddiqov oʻz hayoti davomidagi erishgan yutuqlari va hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan holda suhbat olib bordi. Shuningdek, nafaqat jurnalist balki yozuvchi sifatida ham talaba-yoshlarga atroflicha ma’lumotlar berib o’tdi. So’ngra o’z qalamiga mansub kitoblarni talabalarga esdalik sovgʻa qilib topshirdi.

Leave a Reply

Skip to content