Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) — (shvedcha ombudsman — biron kishi manfaatlarining vakili) — turli xil maʼmuriy organlar, baʼzi mamlakatlarda esa — shuningdek, xususiy shaxslar va birlashmalarning inson huquqlariga rioya etishini nazorat qilish uchun maxsus saylab (tayinlab) qoʻyiladigan mansabdor shaxs.
Bugun – 21.02.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisining inson huquqlari boʻyicha vakili(ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili G.Abduvohidova boshchiligida “Ombudsman va yoshlar, Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikni oldini olish, oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilashga qaratilgan” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Suhbat davomida bugungi kunning dolzarb muammolari: xotin-qizlarga nisbatan koʻrsatilayotgan zo’ravonliklar, oʻtkazilayotgan tazyiq hamda tahdidlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va yechimlar toʻgʻrisida Andijon shahar IIOFMB Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi Xotin-qizlar masalalari boʻyicha profilaktika katta inspektori kapitan M.Qurbonova, G.Abduvohidova, leytenant M.Najmiddinovalar suhbat olib bordilar.
Bundan tashqari Andijon davlat chet tillari va Andijon davlat pedagogika instituti instituti psixologlari M.Yusupova hamda G.G’aniyevalar psixologik treninglar oʻtkazdilar.
Yakunda esa institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi uslubchisi M.Saliyeva fikrlar bildirib, talaba-qizlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan yetralicha javob berilishini ta’minladi.