Joriy yilning 21-fevral sanasida Andijon davlat chet tillari instituti Axborot resurs markazida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi tomonidan ilmiy izlanish olib borish istagidagi talaba-yoshlar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida stipendiantlar va ularning ilmiy rahbarlari tomonidan ilmiy- tadqiqot faoliyatiga qiziquvchi talabalarga ilmiy maqola, tezislar yozish, xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish, talabga mos hujjat tayyorlash, stipendiyaning saralash bosqichlari va imtihonlari hamda turli koʻrik-tanlovlar haqida ma’lumotlar berib oʻtildi.
Suhbat soʻnggida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutahassislar tomonida javob oldilar.