Bugun – 20.02.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida onlayn vebinar bo’lib o’tdi.
Ushbu vebinar institutning Xalqaro aloqalar bo’limi hamda Buyuk Britaniyadagi nufuzli Norwich Institute for Language Education (NILE) hamkorligida o’tkazildi. Vebinar davomida professor-o‘qituvchilarga yangi metodik tavsiyalar, kasbiy koʻmaklar berib oʻtildi.
Budan tashqari oʻzaro malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, ushbu kurslar davomida shaxsiy rivojlanish ustida ish olib borsh loyihalari muhokama qilindi.