Shu kunlarda respublikamiz bo’ylab sovuq ob-havo hukm surmoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti Talabalar turar joyida isitish tizimi qay holatda, talabalar sovuq ob-havo sharoitida qiynalishmayaptimi, degan savollarga javob topish maqsadida institutning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori B.R.Axmedov hamda Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor E.E.Kurbanovlar TTJ qozonxonalariga tashrif buyurdilar va oʻt yoquvchilar olib borayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Tanishuv jarayonida issiqlik bosimi yetarli darajada ekani, xonalar va zallarda me’yordagi issiqlik ta’minlanayotganligi aniqlandi.