Bugun – 16.02.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillar instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talaba yoshlari uchun Yoshlar Akademiyasi lideri tashabbusi bilan institutda Yoshlar Akademiyasi kichik uchrashuvi oʻtkazildi.
Uchrashuv davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar Akademiyasining Andijondagi faoliyati, Yoshlar akademiyasiga qanday a’zo boʻlish toʻgʻrisida hamda Startup loyihalarga qiziquvchi yoshlar uchun “Start up” loyihalar shakllantirish toʻgʻrisida batafsil maʻlumotlar berib oʻtildi.