TALABALAR TURAR JOYIDA “ENG MAZALI SALAT” TANLOVI BOʻLIB OʻTDI

Bugun – 15.02.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti 2-talabalar turar joyida “Eng mazali salat” tanlovi boʻlib oʻtdi. Barcha tyutorlar tanlovda talaba-qizlar bilan birgalikda faol ishtirok etdilar.

Tanlov davomida talaba-qizlar turli salatlar tayyorlab, oʻz mahoratlarini koʻrsatdilar, nafaqat salat tayyorlashdi, balki ishtirokchilar bir-birlari bilan tajriba almashdilar. Soʻnggida ishtirokchilar munosib ravishda baholandi va maʻsullar tomonidan bir qancha maslahatlar berib oʻtildi.

Leave a Reply

Skip to content