“KUTUBXONA KUNI” BOʻLIB OʻTDI

Kitob bilan tanishish, mutolaa qilish, insonga oʻzgacha zavq beradi. Kitobxon mutolaa qilar ekan kitob bilan yaqinroq tanishadi, uning ilmiy-badiiy qiymati haqida tasavvur hosil qila boshlaydi, fikrlaydi mutolaa madaniyati yuksaladi.                     

Bugun – 16.02.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Axborot resurs markazida Ijtimoiy gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri A.Teshaboyev boshchiligida “Kutubxona kuni”boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, kafedra professor-oʻqituvchilari ham ushbu tadbirda qatnashdilar, talaba-yoshlar bilan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Boburnoma” kitobi tahlil qilindi.

Leave a Reply

Skip to content