OʻZBEKISTON EKOLOGIK PARTIYASI VAKILLARI TALABALAR BILAN DAVRA SUHBATI OʻTKAZDI

“Yangi O‘zbekiston yosh- avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Biz kelajak liderlari Ekopartiyani tanlaymiz!” mavzusida o‘tkazib kelinayotgan turkum uchrashuvlarning keyingi manzili Andijon chet tillari instituti bo‘ldi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyat partiya tashkiloti raisi X.Yusupov hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Qosimova, Oʻzbekiston nodavlat, notijorat tashkilotlar Milliy Assotsiatsiyasi Andijon viloyat hududiy bo’linmasi rahbari Sh.Valiev ishtirok etdilar. Suhbat mobaynida O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat kengashi tomonidan Andijonda yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, atrof-muhit musaffoligini saqlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib oʻtdilar.

Leave a Reply

Skip to content