Andijon davlat chet tillari instituti amaliyot-psixologi M.Yusupova tashabbusi bilan Roman-german va slavyan tillari fakultetida art-trapiya oʻtkazildi. Ushbu treningda tyutorlar va talabalar ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar oʻzlari tanlagan rasmlarni ayni damda ularda kechib turgan hissiyotlardan kelib chiqqan holda ranglar bilan bo’yadilar.
Art-terapiya talabalarda yaxshi taassurot qoldirdi. Trening oxirida institut amaliyotchi-psixologi rasmlar va ranglar qanday maʼno anglatishi haqida maʼlumotlar berib oʻtdi va ishtirokchilarga o’z maslahatlarini bildirdi.