Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Roman-german va slavyan tillari fakulteti Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi G.Mamasoliyeva 6-fevral kuni talabalar turar joyiga tashrif buyurib talabalar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida “Musiqa – ruhiy ozuqa“ nomli davra suhbati o‘tkazdi. Unda fakultet talabalari faol ishtirok etdilar.
Ayniqsa, 4-kurs kurs talabasi Qodirova Surayyo va 3-kurs talabasi No’monova Maxliyolar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar davra suhbatini yanada qizdirdi.