“OMMAVIY MADANIYATNING YOSHLAR TARBIYASIGA SALBIY TA’SIRI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BOʻLIB OʻTDI

Kelajagimiz bunyodkorlari boʻlmish yoshlarimizning taʼlim va tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan “ommaviy madaniyat” bugun barchamizni hushyorlikka chaqirmoqda.

Zero, globallashuv tomon intilayotgan yoshlarimiz har qanday “yangilik” ham yaxshilik keltirmasligi xususida oʻylab koʻrmayaptilar.

Ayni shu mavzuda talaba-yoshlar fikrlarini oʻrganish, ularga toʻgʻri tushunchalar berish maqsadida Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetida «Ommaviy madaniyat»ning yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Davra suhbatida “ommaviy madaniyat”ning millat kelajagiga ta’siri, unga qarshi mafkuraviy immunitet yaratilish yoʻllari, shuningdek, mamlakatimizda bu borada olib  borilayotgan maʼnaviy targʻibot ishlari xususida fikrlar yuritildi va talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Davra suhbatini Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati rahbari A.Yunusov ochib berdi va talabalarga bu mavzuda koʻplab maʼlumotlar berdi. Suhbatda fakultet dekani oʻrinbosari B.Botirov, tyutorlar S.Eshonqulov, A.Ashuraliyev va N.Moʻminovalar ham ishtirok etib, mavzu yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdilar.

Leave a Reply

Skip to content