Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo boʻlishidir. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o’zlari qilayotgan ishlarni toʻgʻri deb hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar.
Vaholanki, ularni bu yoʻlga boshlagan “rahnamolarning” asl maqsadi mohiyatan gʻayriinsoniy xarakterga ega. Ularning asosiy niyati butun Osiyo hududida qadimgi Arab xalifaligin barpo etish kerak deb kurashmoqdalar. Lekin ularning asosiy niyati shu bilangina cheklanib qolmasdan, dinni niqob qilib olib hokimiyatni qoʻlga olish, bu yoʻlda ,,inson’’ deb atalmish buyuk jonzotni oʻldirishdan ham tab tortmayapti. Ular hozirgi kunda, ayni daqiqada ham oʻz yovuz, jirkanch ishlarni turli davlatlarda amalga oshirmoqdalar.
Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetida “Jamiyat hayotida din niqobidagi ekstremizmning xavfi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbatini fakultetning yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari O.Vositov ochib berdi. Shundan soʻng institut axborot xizmati rahbari A.Yunusov, profilaktika katta inspektori M.Najmiddinova, tyutor M.Baltaboyevalar mavzu yuzasidan oʻz fikr va mulohazalarini bildirib oʻtdilar.