REKTOR HUZURIDA KENGAYTIRILGAN YIGʻILISH BOʻLIB OʻTDI

Bugun – 02.02.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov boshchiligida institutning prorektorlari, boshqarma va boʻlim boshliqlarni, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari ishtirokida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda, asosan, 2 masala koʻrib chiqildi:

 

  1. Institutda ta’lim jarayonlarini sifatli tashkil qilish;

 

  1. “Fan, ta’lim, jamiyat ilmiy” jurnali faoliyati tahlili.

Dastlab yigʻilishni institut rektori D.A.Rustamov ochib berdi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.

Shundan soʻng oʻquv ishlari boʻyicha prorektor E.Kurbanov soʻzga chiqib, institutda oʻquv-uslubiy ishlarni tashkil qilishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar, jumladan, HEMIS platformasiga professor-oʻqituvchilar tomonidan resurslarning joylashishi, dars mashgʻulotlarini zamonaviy standartlar asosida tashkil qilishda sustkashlikka yoʻl qoʻyilayotgani kafedralar kesimida tahlil qilindi.

Ikkinchi asosiy masala yuzasidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor M.Kurbanov soʻz oldi va institut tasarrufidagi «Fan, ta’lim, jamiyat» ilmiy jurnali faoliyatini jonlantirish masalasini oʻrtaga tashladi. Bundan tashqari tahririyat muharriri lavozimida ishlab kelayotgan M.Amirsheyba ish joyini oʻzgartirganligi sababli, ushbu vazifani M.Abduvaliyev zimmasiga yuklash taklifini bildirdi. Ushbu taklif jamoa tomonidan ma’qullandi va «Fan, ilm, jamiyat» ilmiy jurnali muharrirligi M.Abduvaliyev zimmasiga yuklatildi.

Yigʻilish yakunida yana bir qator masalalar muhokama qilindi.

Leave a Reply

Skip to content