PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BOʻLIB OʻTDI

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari K.Komilov tomonidan viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda huquqni muhofaza qilish organlarda faoliyat olib borayotgan, qahramonlik ko‘rsatgan va yuqori hurmatga ega bo‘lgan xodimlar o‘rtasida o‘tkaziladigan uchrashuvlar jadvali tasdiqlangan.

Bugun – 02.02.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida ushbu jadvalga asosan Andijon viloyati prokuraturasi Ijtimoiy sohada qonun ustivorligi nazorati bo’limi prokurori I.Yakubov ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Ushbu davra suhbatida institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi boshligʻi Oʻ.Rahmonov, bo’lim uslubchisi M.Saliyeva hamda ellikdan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Leave a Reply

Skip to content