Bugun – 01.02.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi elchixonasidan vakillar mintaqaviy ingliz tili xodimlari Kevin McCaughey va Umida Boltayeva tashrif buyurdi.
Dastlab, K.McCaughey hamda U.Boltayevalar institutning oʻquv ishlari boʻyicha prorektori E.E.Kurbanov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Sh.Ermatov, Oʻquv-uslubiy boʻlim boshligʻi S.Toshtanovlar tomonidan iliq kutib oldi.
Shuningdek, vakillar professor-oʻqituvchilarni ta’limdagi oʻqitish tartiblari hamda bir qancha metodlar bilan tanishtirib oʻtdi. Turli interfaol usullar orqali yangi metodlar ustida tajribalar oʻtkazdilar. Professor-oʻqituvchilar mutaxassislar bergan ma’lumotlardan yetarlicha tajribaga ega boʻldilar.