Har bir jasoratli, har bir adolatli shaxs Vatanga shon-sharaf olib keladi.
Romen Rollan.
Bugun – 26.01.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti kichik majlislar zalida «Vatanparvarlik — milliy oʻzlikni anglashning yuksak natijasidir» mavzusi ostida Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi faxriy xodimlari bilan talaba-yoshlar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 12-yanvar kuni Prezidentimiz raisligida oʻtgan mudofaa qurilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan Xavfsizlik kengashi yigʻilishida ham yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yana bir bor e’tibor qaratilib, «Bugungi kunda har birimiz amalda kamol toptirishimiz zarur», — dedi Prezidentimiz.
Shuningdek, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi faxriy xodimlari institut talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilinib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida yuksaltirish hamda vatanparvarlik tuyg’usini rivojlantirish maqsadida IIB faxriy xodimlari suhbat olib bordilar. Uchrashuvni Andijon davlat chet tillari instituti matbuot xizmati rahbari A.Yunusov ochib berdi. Ushbu uchrashuvda IIB istefodagi podpolkovnik D.A.Yusupov. IIB boshligʻi maslahatchisi istefodagi podpolkovnik O.O.Yuldashev, IIB faxriy kengashi a’zosi istefodagi podpolkovnik V.Gʻ.Boʻtayev, IIB istefodagi Gʻ.Gʻ.Rahimov va IIB Yoshlar yetakchisi kapitan J.E.Oʻktamov, institut profilaktika katta inspektori kapitan B.Xodjayev, institut yoshlar yetakchisi I.Abdulxamidovlar qatnashdilar. Suhbat davomida O.Yuldashev hamda Gʻ.Rahimov viloyat tinchligini qanday saqlaganliklari, ish faoliyati davomida qanday mashaqqatli ishlarni boshidan oʻtkazganliklari haqida talaba-yoshlarga vatanparvarlik ruhini yanada yuksaltirish maqsadida nutq soʻzladilar.