OITS VA OIVGA QARSHI KURASH YUZASIDAN DAVRA SUHBATI BOʻLIB OʻTDI

Har yili 1-dekabr sanasi an’anaviy ravishda «OITSga qarshi butunjahon kurash kuni» sifatida nishonlanadi. Bu sanada OITS bilan og‘riganlarni qo‘llab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsad qilinadi.

Bugun – 01.12.2023-yil Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetida 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan fakultet tyutorlari tashabbusi asosida «OITS va OIV profilakrikasi» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Ushbu davra suhbatini fakultet dekani M.Pazilov ochib berdi va yig’ilganlarni taklif etilgan mehmonlar bilan tanishtirdi. Shundan so’ng Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi vrach-epidemiolog Oʻktamjonov Ikromjon va Axmedova Zebiniso OITS VA OIV haqida tushunchalar va uning oqibatlari haqida maʼlumot berib, talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

Leave a Reply

Skip to content