Andijon davlat chet tillari institutida Roman-german va slavyan tillari fakulteti tyutorlari: O.Azimova, G.Muhitdinova, N.Mo’minova, S.Eshonqulov hamda A.Ashuraliyev tomonidan 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni va «Aksilkorrupsiya oyligi» munosabati bilan talabalar oʻrtasida «Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi» mavzusida esselar tanlovi o’tkazildi.
Tanlovni fakultet dekani M.Pazilov ochib berdi va mavzu yuzasidan e’tibor qaratish lozim bo’lgan jihatlarga to’xtaldi. Shundan so’ng dekan o’rinbosari A.Yunusov esse yozish qoidalari haqida tushuncha berib o’tgach ishtirokchilar yozishga kirishdilar.
Tanlov natijalari haqida kelgusi xabarlarimizda ma’lumot beramiz.